Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi etib saylandi. Otabek Umarov MOQ raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi, Oybek Kasimov bosh kotib, Sherzod Toshmatov esa rais o‘rinbosari lavozimiga qayta saylandi.
Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tgan “Katta dubulg‘a” turnirida o‘zbekistonlik dzyudochilar 3 ta medalni qo‘lga kiritdi. Diyora Keldiyorova oltin, Halima Qurbonova va Doston Ro‘ziyev esa bronza medallariga ega chiqdi (foto).
Qohirada (Misr) bo‘lib o‘tgan o‘q otish sporti bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 10 metrdan pnevmatik to‘pponchadan otish bo‘yicha jamoaviy bahslarda kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Doston Otabolayev karate WKF bo‘yicha jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan birinchi o‘zbekistonlik bo‘ldi. U Dubaydagi jahon chempionati finalida misrlik Abdulla Abdulazizni mag‘lub etdi (video).
Qozon shahrida o‘tkazilgan MDH o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 23 ta oltin, 32 ta kumush va 36 ta bronza jami 91 ta medallariga sazovor bo‘lishdi. Bu mezbon Rossiya jamoasidan so‘ng ikkinchi ko‘rsatkich bo‘ldi.
Xalqaro suzish federatsiyasi Olimpiada yo‘llanmasini olish uchun natijalarni soxtalashtirgan bir qancha o‘zbekistonlik suzuvchilarning ko‘rsatkichlarini bekor qildi. Bu hind sportchisi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida yuzaga chiqdi. Soxtalashtirishga urinish sababli O‘zbekistonga qo‘shimcha sanksiyalar joriy etilishi mumkin. MOQ bayonot bilan chiqdi.
O‘zbekiston suzish federatsiyasi bosh kotibi Alisher G‘aniyev vaqtincha ishdan chetlatildi. Avvalroq, o‘zbekistonlik suzuvchilar g‘irrom yo‘l bilan Olimpiadaga chiqishga urunishgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. MOQ va Sport faxriylari kengashi ushbu holat «sport tamoyillariga mos kelmasligini va olimpizm qadriyatlariga mutlaqo zid ekanligini» ta’kidladi.
Qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida sakkizta medalni qo‘lga kiritdi.
BAAda bo‘lib o‘tgan para-yengil atletika bo‘yicha Gran-pri musobaqasida O‘zbekiston sportchilari 24 ta medalni qo‘lga kiritib, umumiy hisobda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting